Jarohat o‘rnida endi chandiq qolmaydi

Xitoylik olimlar ipak proteini asosida jarohatni bitkazib, o‘rnida chandiq qoldirmaydigan gel yaratdilar.

Uning asosiy tarkibini ipak tolasi tarkibida mavjud bo‘lgan ipak oqsili – seritsin tashkil etadi. Seritsin olish uchun ultrabinafsha nur va kimyoviy reaksiya boshida oqsil zanjirini qo‘shimcha moddalar bilan birikishini ta’minlab beruvchi fotoinitsiator kerak bo‘ldi.

Izlanishlar natijasida yuzaga kelgan gel jarohatlangan joydagi hujayralarga qo‘shilib ketadi va organizmning immun reaksiyasini uyg‘otmaydi. U yallig‘lanishni yo‘qotadi va yangi qon tomirchalarining paydo bo‘lishiga turtki beradi.  Muhimi gel teri hujayralari ishini shunday boshqaradiki, jarohat joyida chandiq hosil qilgan to‘qima emas, balki yangi teri o‘sib chiqadi.

Shuningdek, ushbu malhamda yara bitishini tezlashtiruvchi antiseptik (yarani bakteriyalar tushishidan himoya qiladi) xususiyat ham bor. Ipak proteinlari esa odam organizmi uchun tabiiy bo‘lgan faollikka ega. Chunki ipak aminokislotalari tarkibi inson terisi aminokislotalari tarkibiga yaqin bo‘ladi.

Otabek Yuldashev

Yana o‘qing:  Tug‘ruqdan keyingi muammolar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: