O‘smirlarimiz xalqaro turnir ishtirokchisi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston (U-17) o‘smirlar terma jamoasi 30 sentyabrdan ­4 oktyabrgacha Ispaniyaning Marbelya shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

Turnirda Argentina, Kot d`Ivuar hamda Meksika o‘smirlar (U-17) terma jamoalari ham qatnashadi.

Shu yilning oktyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati (U-17) bahslarida yuqoridagi jamoalarning barchasi ishtirok etadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, Ispaniyadagi xalqaro turnir yigitlarimiz uchun nufuzli chempionat oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Ushbu turnirda (U-17) o‘smirlarimiz ilk uchrashuvda Kotd`Ivuar, so‘ngra Meksika va Argentina yoshlari bilan o‘zaro to‘p surishadi.

Yana o‘qing:  O‘quv qunt beradi, bilim sharaf-shon

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: