Kartoshkadan yaratilgan plastik
Shvetsiyaning Lund universiteti talabasi Pontus Trenkvist kartoshka kraxmalidan o‘zining xususiyatlariga ko‘ra plastikka o‘xshash material yaratdi.
Ushbu ishlanma “The James Dyson Award” tanlovida “kartofel plastigi”dan (Potato Plastic) yaratilgan pichoq va sanchqi ko‘rinishida taqdim etildi. Talabaning so‘zlariga qaraganda bu buyum ikki oy ichida erib ketadi. “Potato Plastic”ning tarkibi kraxmal va suvdan iborat. Tadqiqotchining so‘zlariga qaraganda bunday materialdan oshxona uchun idish-tovoq va anjomlar yaratish mumkin.
Tanlovda dunyoning barcha mamlakatalaridan talabalar ishtirok etib, ular umumbashariy muammolarni hal etish bo‘yicha turli ishlanmalarni taqdim etishdi.
G‘oliblar joriy yilning noyabr oyida e’lon qilinadi va unga loyihasini rivojlantirish uchun 30 ming funtsterling mukofot puli ajratiladi.
D. AZIMOVA