O‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Tibbiy-ijtimoiy markazi, Shayxontohur tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda 42-umumta’lim maktabi o‘quvchi qizlari chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida o‘quvchi yoshlarga «Erta nikohning salbiy oqibatlari», «OIV va OITS haqida», «Reproduktiv salomatlik» kabi mavzularda zamonaviy multmediya texnologiyalaridan foydalangan holda ma’ruzalar o‘qib eshittirildi va videoroliklar namoyish etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muhofaza qilish, o‘smir qizlar o‘rtasida uchraydigan patologik holatlarni erta aniqlash va ularni o‘z vaqtida sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishdan iboratdir.
Tadbir so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.