Jamg‘arma faoliyatidan (2013-39)

Toshkent viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Ohangaron tumanidagi Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida jami 100 nafar o‘smir yigit-qizlar va 33 nafar fertil yoshidagi ayollarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Farg‘ona viloyatidagi jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Quva tumani 1-sonli umumta’lim maktabida tuman Ma’naviyat va targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida «Erta nikohning oldini olish» bo‘yicha davra suhbatini o‘tkazdi. Jumladan, Rishton tumani «Yoshlik» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari o‘rtasida erta turmush qurishning oldini olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Respublika Skrining markazining viloyat hududiy markazi shifokorlari bilan hamkorlikda Pop tumanining «Uyg‘ur», «Yangiobod», «Xo‘jaobod» va «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholi orasida tibbiy madaniyatni shakl­lantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni erta turmushga berishning oldini olish mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Jizzax tumani «Ittifoq» ijtimoiy-iqtisodiy bank kolleji talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jam­g‘arma tomonidan dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari, «Sog‘lom onadan – sog‘lom bola», «Skrining tekshiruvini bilasizmi?» va «Qarindoshga quda bo‘lmang» mavzularida bukletlar tar­qatildi.

Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Buxoro shahridagi San’at va Maishiy xizmat ko‘rsatish kollejlari talabalariga «Qarindoshga quda bo‘lmang», «Skrining tekshiruvini bilasizmi?», «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  OAV xodimlari sport musobaqasida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: