Osmondagi ikkinchi oy

Bir guruh astronomlar quyosh tizimidan tashqarida ham Oy mavjudligini isbotlab berdilar.

U bizdan 8 ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan Kepler-1625b ekzosayyorasi atrofida aylanuvchi yo‘ldoshdir.

Mutaxassislarning fikricha ekzosayyora o‘lchamlari bo‘yicha Yupiterni ancha ortda qoldiradi. Uning atrofida aylanuvchi Oyning o‘lchamlari esa Neptun bilan tenglashadi.

Astronomlar ushbu Oyga Kepler-1625b-i deb nom berdilar. U “Hubble” samoviy teleskopi yordamida aniqlandi. Teleskop Kepler-1625b yulduzining yorug‘lik taratishini qayd etish uchun ishlatilayotgan edi. Olimlar dastlab e’tiborni ulkan samoviy jismga, ya’ni Kepler-1625bga qaratgan edilar. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, yana bir ob’yekt miltillaib ko‘rinayotganligini payqadilar.

Agar olimlarning bu boradagi taxminlari tasdiqlansa, ushbu yo‘ldosh Quyosh tizimidan tashqari topilgan birinchi Oy bo‘ladi. Tadqiqotchilardan biri Aleks Tichining fikricha biz uzoq sayyoraviy tizimlar haqida juda kam bilamiz. Biroq ekzosayyoraviy fan amalga oshirayotgan kashfiyotchilarning ruhi ko‘tarinkidir.

Yana o‘qing:  Yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilish – oliy baxt

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: