SPORT (2013-38)

TENNIS. Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy «Toshkent open – 2013» xalqaro turnirining yakkalik bahslarida serbiyalik Boyana Yovanovskiy bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. U finalda belaruslik Olga Govorsovani 4:6, 7:5, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Juftliklar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Yaroslava Shvedova va vengriyalik Timeya Babosh juftligi Olga Govorsova (Belarus) va Mendi Minella (Lyuksemburg) duetini 6:3, 6:3 hisobida yengdi.

TRAMPLIN. Ispaniyaning Valyadolid shahrida tramplinning batutda sakrash yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Unda terma jamoamiz vakillari – Pekin Olimpiadasi sovrindori Yekaterina Xilko va Anna Kasparyan sinxron sakrashda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

BOKS. Kiyev shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldor Merjanov bronza medalga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli bokschimiz yarim finalgacha bo‘lgan bahslarda italiyalik Samuel Mansarelani, litvalik Vitautas Balsisni va gruziyalik Georgi Kxarabadzeni mag‘lubiyatga uchratdi.

Yana o‘qing:  Yangi film namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: