Termiz yoshlarning muloqot maydoniga aylanmoqda
Termiz shahrida Markaziy Osiyo yoshlarining xalqaro “Do‘stlik” forumi boshlandi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda qo‘shni Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan faol yoshlar ishtirok etmoqda.
Tadbir ishtirokchilari besh kun davomida o‘zaro fikr almashib, inson salomatligi, sport va tabiat muhofazasiga doir muammolar muhokama etadi. Forum doirasida milliy raqs va milliy liboslar ko‘rgazmalari, “Maqom” kechasini tashkil etish, Termiz davlat universitetida ilmiy konferensiya o‘tkazish, ishtirokchilarni tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlar bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.