FHDYo bo‘limlarida to‘liq elektron hujjat aylanishiga o‘tiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Hujjatga muvofiq FHDYo organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarining raqamli ko‘rinishga o‘tkazilishi 2022 yilning 1 yanvariga qadar tugatiladi hamda keyinchalik “Yagona elektron FHDYo arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish uchun yagona elektron FHDYo arxiv fondi shakllantiriladi.

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi va ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi joriy etiladi.

Yana o‘qing:  E’tibor va imkoniyat mahsuli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: