Orombaxsh taomnoma
Afinadagi Jamoatchilik universiteti olimlari keksa yoshdagi kishilar maxsus O‘rtayer dengizi mintaqasi parheziga rioya qilsalar tungi uyqusi me’yorda bo‘lishini ta’kidlashmoqda.
Mutaxassislar 65 yosh va undan katta yoshdagi insonlar ushbu parhezning asosini tashkil qiluvchi mavsumiy mevalar, baliq va zaytunni muntazam ravishda iste’mol qilishni tavsiya etishmoqda.
Bunday xulosaga kelish uchun ekspertlar 1650 nafar yoshi ulug‘ insonlarda so‘rov o‘tkazib, ularning qay darajada ushbu parhezga rioya qilishlariga aniqlik kiritdilar. Shundan keyin olimlar ishtirokchilarning keyingi oyda ularning qay darajada tiniqib uxlashlariga baho berdilar. Aniqlanishicha, yuqoridagi parehzga rioya qilgan 65 yoshdan 75 yosh atrofidagi ko‘ngillilar uyqusizlikga duch kelishmagan va tunlari tiniqib uxlashgan.