Rossiyalik shifokor 100 nafarga yaqin bemorni ko‘rikdan o‘tkazdi
Jizzax shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Rossiya Federatsiyasi Qozon davlat tibbiyot akademiyasining klinik farmakologiya kafedrasi professori, Tatariston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh klinik farmakolog mutaxassisi Maksim Maksimov 100 nafarga yaqin bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiyalar berdi.
Tashrif so‘nggida viloyat davolash profilaktika muassasalari terapevt, kardiolog va UASH mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda rossiyalik shifokor “Arterial gipertenziyaga tashxis qo‘yish va davolashda zamonaviy yondashuvlar” mavzuida ma’ruza qildi.