Ehtiromning mas’uliyati bo‘lakcha

Davlatimiz rahbari 10 avgust kuni poytaxtda qurilayotgan bir qator inshootlar, ko‘priklar, bog‘cha-yu shifoxonalar, jumladan Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga atab barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar bilan tanishar ekan, shu bahona ijod ahli bilan ham suhbatlashdi.

Men televideniye orqali Yurtboshimizning mamlakatimiz va xorij davlatlari bo‘ylab qilgan safarlari, mamlakatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlarni ko‘p qatori sinchiklab kuzataman. Qiziqishim sabab, Prezident bilan uchrashgan yoshlar, harbiy xizmatchilar va boshqa soha vakillari bilan ham ko‘p bora suhbat qurganman. Ammo bu galgi uchrashuv, undagi fikrlar, talab va takliflar menda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Bir davlatga yo‘l solish, shartnoma tuzish, ish o‘rni yaratish… Bu oynai jahon orqali ko‘rganimdek oson yumush emas ekan.

Buning naqadar mashaqqatli ish ekanini suhbat jarayonida angladim. Negadir xayolimdan bir voqea aylanaverdi, aylanaverdi. Yurtboshimizning shu yili Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazida bo‘lib, Karlar jamiyatining uch nafar a’zosiga Toshkent shahridan uy sovg‘a qilgan edi. Uy sohiblari orasida Sirojiddin ham bor edi. Uni yo‘qlab borib, uzoq suhbatlashdim. O‘shanda Sirojiddin uy kalitini olayotib, Prezidentga Angliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida g‘olib bo‘lishni va’da qilgan edi. Buni qarangki, u so‘zining ustidan chiqdi. Musobaqaga kechikib borishiga qaramay, raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. Yurtboshimizga bergan va’dasini bajardi.

Yozuvchilar uchun qurilgan uylar qarshisida suhbatlashar ekanmiz, negadir o‘zimni Sirojiddinga o‘xshatdim. Bu muhtasham uylarda yashaydigan har bir ijodkor, eng avvalo, xalq, Prezident oldida qarzdor ekanini his qildim. Ertami, kechmi biz ham millat egalarining tafakkuri, shuurini boyitadigan ijod namunalarini yaratib, bu qarzni uzishimiz kerak, deb o‘yladim. Aslida-ku, adabiyotni taqdiri sanagan ijodkor hech bir rag‘batsiz ham xalq oldida qarzdorligi rost. Ammo shuncha e’tibor va ehtiromning mas’uliyati bo‘lakcha.

– Nega men xalqni ma’naviyatli bo‘lishini xohlayman, chunki hech bir rivojlangan davlatni ma’naviyatsizlik ustiga qurib bo‘lmaydi. Sizlardan iltimos va talab, bo‘sh asar yozmanglar, kitobni mavqeini ko‘tarishga, xalqimizni, bolalarimizni ma’naviyatli qilishga ko‘maklashinglar, – deganlarida ochig‘i titrab ketdim. Ustozlarimiz Naim Karimov, Ibrohim G‘afurovlar bildirilgan katta ishonch va hurmat uchun minnatdorlik bildirar ekan, bu buyuk xalq oldida har bir ijodkor burchli ekanini ta’kidladi.

Yana o‘qing:  Mustahkam oila qanday bunyod bo‘ladi?

– Men necha zamonlardan beri bir asar tarjimasiga qo‘l urolmay kelayotgan edim, – dedi Ibrohim G‘afurov. – Sizdagi jo‘shqinlik, chorlov menga kuch bag‘ishladi va o‘sha ruh bilan Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” romanini nihoyasiga yetkazish arafasida turibman. Buning uchun sizga rahmat…

“Yosh kitobxon” tanlovi ham ko‘pchilik yoshlarga kitob o‘qitgani rost. Yurtboshimiz “men yoshlarning kitob o‘qishlari uchun kerak bo‘lsa, 20 ta mashina sovg‘a qilishga tayyorman” deganlarida o‘zimdan uyalib ketdim. Axir kitobni odam o‘zi uchun o‘qiydi-ku. Kitob tabiiy ehtiyoj-ku, nahotki hamma biror rag‘bat uchun o‘qisa, degan achchiq o‘y o‘tdi.

Tushundimki, so‘z ahli hech bir topshiriqsiz, manfaatsiz yonaverishi kerak. Men shu uchrashuvdan bir olov olganday bo‘ldim. Ishonamanki, uni aslo o‘chirmayman.

 

Bobur ELMUROD,

shoir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: