Tanbeh

Abu Said ismli bir mo‘tabar odam kunlardan bir kun yoru do‘stlari uchun ziyofat berdi. Oshpazini chaqirib:

– Men yaxshi ko‘rganim falon xil taomni pishirib olib kel, – deb buyurdi. Oshpaz u tayinlagan taomni hozirlab, boshqa yeguliklar bilan birga olib keldi. Abu Said o‘zi buyurgan taomdan bir luqma olgandi, unda bir qilni ko‘rib, olib tashladi. Ikkinchi-uchinchi marta olgan luqmalarida ham qil uchratdi. Nihoyat, u taomdan qo‘l tortib, boshqa yeguliklardan yeyishga majbur bo‘ldi.

Ovqatdan keyin oshpazni chaqirib:

– Men buyurgan taomni juda ham lazzatli qilib tayyorlabsan. Ertaga yana o‘sha yegulikdan ichida qil bo‘lmaslik sharti bilan pishirib keltir, – deb buyurdi. Ziyofatda hozir bo‘lganlar Abu Saidning latofatli so‘ziga kuldilar va taajjublanib:

– Abu Said do‘stimiz o‘z oshpazini shunday silliq va muloyim so‘zlar bilan uyaltirdilarki, unga qattiqroq tanbeh berishga hojat qolmadi, – deb tahsin aytdilar.

Yana o‘qing:  Jonlarga jondosh yaxshi odamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: