Uchar avtomobil

“KittyHawk” kompaniyasi mutaxassislari havoda uchadigan avtomobil prototipini yaratdilar. Ushbu uchar qurilma “Flyer” deb nomlanib, hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Kelajakda u hamma sotib olishi mumkin bo‘lgan transport vositasiga aylanishi mumkin.

“Flyer” o‘nlab elektr dvigatellari va parraklariga ega. U havoda o‘zini avtomatik tarzda barqaror tutadi. Bu esa mashinani ikkita djoystik yordamida yengil boshqarish imkonini beradi. “Flyer” ponton bilan jihozlangan bo‘lib, bu unga samolyot-amfibiya xususiyatini beradi.

Uchish apparatining akkumulyator quvvati 20 daqiqa faol ishlashiga yetadi. Ayni vaqtda Flyerning uchish balandligi 3 metr bilan cheklangan. Tezligi esa soatiga 30 kilometrni tashkil etadi. “Kitty Hawk” kompaniyasining bosh direktori Sebastyan Trunning fikricha yaqin kelajakda mashina soatiga 160 kilometrgacha tezlashishi mumkin.

Tadqiqotchilarning ishontirishlaricha ushbu uchish vositasini boshqarish uchun jiddiy tayyorgarlik shart emas, bir soatlik mashg‘ulot kifoya qiladi. Chunki, u mohiyatan katta kvadrokopter hisoblanadi. Farqi shundaki, uchuvchi yerda emas, balki mashinani ichida bo‘ladi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Olimlar bosh miyadagi yangi uyqu markazini aniqlashdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: