Uyali telefon uchun yangi g‘ilof

Aksariyat insonlarda smartfon g‘iloflari bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi. Tabiiyki, hamma insonlar o‘zi xarid qilgan qimmatbaho gajetining xavfsiz bo‘lishini istaydi.

Telefonning qo‘ldan tushib ketishi va uni ta’mir talab ahvolga kelishi bir qancha ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi, tabiiy. Tinib-tinchimagan ixtirochilar bu muammoning ham yechimini topishdi. Ixtiro muallifi Germaniyaning Aalen universiteti talabasi Filipp Frenzel hisoblanadi.

Uning yangi “AD Case”deb nomlangan g‘ilofi smartfonni qo‘lingizdan tushib ketishidan asraydi. Unga sezgir sensorlar o‘rnatilgan bo‘lib, telefon behosdan tushib ketganda xavfsizlik yostiqchasi misol qirralardan 8 ta ilgaklar ochilib, yerga qattiq zarb bilan urilishdan asrab, uning sinish yoki zararlanish xavfini kamaytiradi.

“AD CASE”dan qayta foydalanish uchun ilgaklarni yana qaytarib o‘rniga joylashtirish kifoya. Qarabsizki, u yana foydalanishga tayyor holda bo‘ladi.

Mutaxassislar yaqin kelajakda bu ixtironi keng omma uchun ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Senat kengashi to‘ylar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: