Jamg‘arma faoliyatidan (2013-37)

Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Xovos tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 87 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 51 nafari ayollar, 20 nafari bolalar, 9 nafari o‘smirlar va 7 nafari o‘smir qizlarni tashkil etdi. Shuningdek, ayollar va o‘smirlar o‘rtasida «Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish», «Shaxsiy gigiyena», «Tibbiy genetik maslahatlar» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Nishon va Yakkabog‘ tumanlarida «Qizlarni erta turmushga berishda kelib chiqadigan salbiy oqibatlar» mavzuida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Xonqa tumani Xonqa shaharchasidagi mahallalarda «Erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlari», «Oilaviy hayotga tayyormisiz?», «Onalik va bolalikni muhofaza qilish — davlat himoyasida» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirlarda jami 1012 nafar aholi ishtirok etdi.

Andijon viloyati jamg‘armaning tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Paxtaobod tumani O‘zbekiston qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida «Giyoxvandlikni to‘xtataylik!», «Chekishning zararli oqibatlari» va «Salomatliging o‘z qo‘lingda» mavzularida tadbir o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Mobil o‘yinlar yoxud eshik berk bo‘lsa, darchadan hatlayotgan yot g‘oyalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: