Ayollar maslahatxonalarida xotin-qizlarga malakali akusherlik va ginekologik ambulator yordam ko‘rsatiladi

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ular salomatligini asrash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Prezidentimizning joriy yilda Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqida ham homilador ayollarni skrining ko‘rigidan o‘tkazish ishlari talab darajasida emasligiga e’tibor qaratib: “Bu boradagi jiddiy kamchiliklarga barham berish maqsadida oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida qizlarimiz, ayollarimiz uchun alohida tibbiy maslahatxonalar tashkil etilmoqda”, deya qayd etib o‘tgan edi. Bu borada davlatimiz rahbarining joriy yil 2 fevralda imzolangan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 may kunidagi “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Ayollar maslahatxonalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari, shuningdek, Toshkent shahrining oilaviy poliklinikalari tuzilmasida tashkil etildi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Marat Sodiqov. – Bundan asosiy maqsad ayollarimizga homiladorlikka qadar, homiladorlik hamda tug‘ruqdan keyingi davrda malakali akusherlik va ginekologik ambulator yordam ko‘rsatishdir. Shuningdek, ushbu maslahatxonalar o‘ziga biriktirilgan hudud aholisining reproduktiv salomatligini asrash hamda oilani rejalashtirish orqali ona va bola salomatligini ham muhofaza qilishadi.

 

Quvonarli jihati, endilikda xotin-qizlar salomatligi doimiy nazoratga olinadi. Bu boradagi muammolarni erta bartaraf etish choralari ko‘rib boriladi.

 

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – aholi va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi zamonaviy tizim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: