Kofe hidining foydasi aniqlandi

AQSHdagi Stivens texnologiya instituti mutaxassislari kofening hidi insonlar tahliliy ish faoliyatini yaxshilashga, xususan, chet el biznes maktablariga o‘qishga kirish uchun GMAT standartlashtirilgan qabul testlarini yechishda yordam berishini aniqladilar.

Mutaxassislarning fikricha, bunday ta’sir platsebo samarasi bilan izohlanadi.

Tajribada algebra fanidan 10 ta savoldan iborat GMAT testidan o‘tgan yuzga yaqin talaba ishtirok etdi. Ular ikki guruhga ajratildi va birinchi guruh kofening hidi ostida test sinovlarini bajardilar. Natija shuni ko‘rsatdiki, ushbu talabalar ikkinchi guruhga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsatdilar.

Tadqiqotning ikkinchi qismida olimlar 200 nafar kishi bilan so‘rov o‘tkazdi va ularga turli hidlar inson faoliyatiga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylash taklif qilindi. Ushbu tadqiqotda ishtirok etgan ko‘ngillilarning fikricha kofening hidi hushyorlik va harakatchanlikni, shuningdek, mahsuldorlikni oshirishi hamda turli vazifalarni bajarilishini yaxshilashi lozim. Xulosaga ko‘ra, platsebo samarasi turli sohalarda asqotishi mumkin.

 

D. AZIMOVA

Yana o‘qing:  Bepul meva va sabzavot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: