XVII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori ma’lum

Yana salkam bir oydan keyin Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qit’ada to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Osiyo o‘yinlari boshlanadi.

Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur nufuzli musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyamiz bayrog‘ini kim ko‘tarishi e’lon qilindi. Bunday baxtga Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Isroil Mad­rimov sazovor bo‘ldi.

Unutmagan bo‘lsangiz, 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida mashhur dzyudochimiz Rishod Sobirov O‘zbekiston bayroqdori bo‘lgan edi. O‘shanda I.Madrimov finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Yana o‘qing:  BEBAHO BOYLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: