YUKSAK MUKOFOTGA SAZOVOR USTOZ

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Xalqaro muhandislik akademiyasining akademigi G‘ulom Zokirovni yurtimizda va MDH hamda uzoq xorijiy mamlakatlarda yaxshi tanishadi. Yaqinda u muhandislik sohasidagi samarali izlanishlari va fanni amaliyot bilan uyg‘unlikda rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xalqaro muhandislik akademiyasining “Katta oltin medali” bilan taqdirlandi. O‘zbekistonlik olimga ilk bora shunday yuksak sovrin topshirilishi uning ilm yo‘lidagi izlanishlari natijasi, albatta.

“Mashina, mexanizmlar va avtomatik liniyalar” sohasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan ustoz olim umri davomida yangi kashfiyotlarini hayotga tadbiq etishga urindi. Har bir ilmiy ish hayotda qo‘llanishi bilan qadrli ekanligini chuqur anglagan olim-muhandis o‘z ilmiy natijalarini avval samolyotning boshqarish tizimida, keyinchalik robotlarni loyihalash korxonasida qo‘llashga erishdi. Yangi kosmik uskunalar barpo etishda G‘. Zokirov taklif etgan dinamik sintez usuli qo‘l keldi.

G‘ulom Zokirov jahonga Desir ilmiy taxallusi bilan ham tanilgan. U o‘qish va kartinalarini tahlil etish bilan shug‘ullanuvchi Desir tizimini yaratib, mualliflik guvohnomasini oldi. Mazkur tizim kitob yoki kartina ko‘rinishi bilan bir qatorda suhbatlasha oladi va o‘zidan musiqiy yoki tabiiy tovushlarni chiqara biladi. Bunday usul asosida insonda nafaqat ko‘rish, balki, eshitish qobiliyati ham rivojlanadi. Shuningdek, insonning tahliliy hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlari ham ishga tushadi.

Xalqaro muhandislik akademiyasi sovrindori deb topilgan birinchi o‘zbek olimining ushbu sharafli unvoni mamlakatimiz yosh olimlari ko‘nglida iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

Gulchehra MUHAMMADJON

Yana o‘qing:  Bolaga “pora” chora bo‘lmasin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: