Tibbiyotimiz yutuqlari namoyishi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!» shiori ostida tibbiyotimiz yutuqlari namoyishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, shahar sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmalari, salomatlik va tibbiy statistika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Obidov va boshqalar mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ta’minlash va salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilayotgani xalqimiz erishayotgan barcha yutuqlarda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etishga yo‘naltirilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida xalqimizga jahon andozalari darajasida tibbiy yordam ko‘rsatish mexanizmi yaratildi.

Zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalaridan jahon tibbiyotining eng so‘nggi yutuqlari asosida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarigacha bo‘lgan bo‘g‘inda kasalliklarning oldini olish, tez va aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash borasida barcha zarur imkoniyatlar yaratilgan.

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘layotir.

Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika institutining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda poytaxtimiz aholisiga bir yuz oltmishdan ziyod tibbiyot muassasasi tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash muassasalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash, yangi tibbiy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasida olib borilayotgan ishlar natijasida aholining zamonaviy tibbiy yordamdan bahramandlik darajasi tobora yuksalib borayotir.

«Obod turmush yili» Davlat dasturi doirasida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda. Joriy yil poytaxtimizda investitsiya dasturi doirasida o‘nta tibbiyot muassasasida qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan bunday izchil islohotlar natijasida xalqimizning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi muttasil uzaymoqda. Onalar va bolalar o‘limi uch barobardan ko‘proq kamaydi.

– Qisqa davrda yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimida jahon andozalariga mos milliy model yaratildi, – deydi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 17-oilaviy poliklinika bosh shifokori Shahzoda Alimova. – Oilaviy poliklinika zamonaviy tibbiyot tizimining ana shunday yangi va muhim yo‘nalishlaridan biridir. Aholi orasida tibbiy-profilaktika ishlarini olib borish, kasalliklarning oldini olish, ona va bolaga, oilalarga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, sog‘lom farzandlar tug‘ilishi va kamolga yetishini ta’minlash bu sohada faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralarning asosiy vazifalaridandir. Har bir insonga tez va samarali tibbiy maslahat va davolash yordami ko‘rsatishga erishayotganimiz tufayli aholining statsionar tibbiyot maskanlarida yotib davolanishga ehtiyoji kamayib bormoqda.

Yana o‘qing:  1 apreldan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi pullarini to‘lashning yangi mexanizmi ishga tushadi

Tadbir doirasida poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid ko‘rgazma namoyish etildi.

Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning konserti tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

B.XIDIROVA,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: