MTMda sport musobaqasi

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 68-maktabgacha ta’lim muassasasida «Kichkintoy – shirintoy» nomli sport musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa Olmazor tumani hokimligi, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi tuman tayanch maskani, tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida tumandagi 68-, 106-, 509-maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etildi.

Ushbu musobaqani o‘tkazishdan maqsad, yurtimizda kamol topayotgan avlodni har tomonlama sog‘lom, ma’nan yetuk, jismonan baquvvat etib tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdan iboratdir. Bundan tashqari kichkintoylar qalbida sportga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va ular o‘rtasida do‘stlik, birdamlik kabi fazilatlarni kamol toptirishdir.

«Kichkintoy – shirintoy» musobaqasida 68-MTM tarbiyalanuvchilari tuman bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi Olmazor tuman tayanch maskani tomonidan esdalik sovg‘alari va sport kiyimlari topshirildi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Oila-mahalla-ta’lim muassasasi: muvaffaqiyatli hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: