“Aqlli” jarrohlik tig‘i yaratildi

U jarrohlarga saraton to‘qimalarini topib, olib tashlash imkonini beradi. Hozirda Londondagi uchta onkologiya kasalxonasida «aqlli» jarrohlik tig‘i tajribadan o‘tkazilmoqda. «iKnife» nomini olgan ushbu tig‘ jarrohlik amaliyoti chog‘i saratonga chalingan barcha to‘qimalarni bitta qoldirmay aniqlab, olib tashlaydi.

Tajriba mualliflari bo‘lmish Britaniyadagi Imperial Kollej tadqiqotchilari mazkur tig‘ tibbiyotda ulkan muvaffaqiyat keltiradi, deyishmoqda. Gap shundaki, ko‘p hollarda saraton amaliyotidan keyin ham ba’zi zararlangan to‘qimalar qolib ketadi va kasallik yana bosh ko‘taradi. Ammo bu tig‘ bilan o‘tkazilgan jarrohlik barcha kasal to‘qimalarni bitta ham qoldirmay olib tashlashi isbotlandi.

Ushbu tig‘ni amaliyotga keng tadbiq etish hozircha qimmatga tushadi. Lekin kelasi besh yil ichida Britaniyadagi barcha onkologiya kasalxonalari ushbu «aqlli tig‘ni» ishlata boshlaydilar. O‘n yil ichida esa butun dunyo bo‘ylab uni qo‘llash imkoni yuzaga kelishi mumkin, deyiladi xabarda.

Tajribaning ilk natijalari “Science Translational Medicine” tibbiyot jurnalida e’lon qilingan.

Yana o‘qing:  Mirjalol Qosimov: “YO’LLANMA UCHUN KURASHNI DAVOM ETTIRAMIZ”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: