Salohiyat va samara uyg‘unligi

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi huzurida tashkil etilgan “Kichik akademiya”da ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Har o‘quv yili so‘nggida o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu tadbirda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy-amaliy va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi uyushtirilib, joriy o‘quv yilida erishilgan yutuq va natijalarning hisoboti tinglandi.

Ayni vaqtda 892 nafar o‘quvchi jalb etilgan akademiyada malakali pedagog va tajribali ustoz-murabbiylar ta’lim beradi. Erishilayotgan natijalar ham shunga yarasha. O‘quvchilar orasida mamlakat va Osiyo chempionlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan, O‘zbekiston chempionlari Usmonjon Erkinov, Nargiza Rahmonqulova va Osiyo chempionlari Shahnoza Tog‘aymurodova hamda Nargiza Tohirovalar shular jumlasidan.

Sahna ko‘rinishi va badiiy chiqishlarga boy bo‘lgan festival barchaga manzur bo‘ldi.

Yana o‘qing:  O‘quvchilar uchun unutilmas uchrashuv

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: