Elektrobillar uchun maxsus yo‘l

Shvetsiyada elektrobillar harakatlanishi vaqtida quvvat olishi mumkin bo‘lgan “elektrlashtirilgan yo‘l”ning birinchi qismi foydalanishga topshirildi.

Bu yo‘l “Stockholm Arlanda” aeroporti bilan yuklarni saralash va saqlash markazini bog‘laydi. Uning uzunligi atigi 2 km. bo‘lsa-da, ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi energetika va ekologiyaga oid Shvetsiya strategik rejasining muhim qismi hisoblanadi. Ya’ni, 2030 yilgacha qazilma yonilg‘iga qaramlikdan qutilish natijasida transport vositalaridan chiqadigan chiqindilar miqdorini 70 foizgacha kamaytirish mumkin bo‘ladi.

Yo‘lga o‘rnatilgan tizim yo‘l qoplamasi ostiga yotqizilgan relsdan avtomobilga egiluvchan qo‘l-pantograf yordamida quvvatni uzatadi. “Road Arlanda” kompaniyasi rahbari Gans Sallning aytishicha, yo‘lning yuza qismida hech qanday elektr potensiali sezilmaydi. Elektr toki 5-6 santimetrli yo‘l qoplamasi tagidagi relsdan o‘tadi. Agar yo‘l sho‘r suv ostida qolsa ham uning yuzasida elektr toki 1 voltdan oshmaydi. Bugungi kunda 1 km. bunday elektrlashtirilgan yo‘l uchun 1 million yevro sarflanmoqda.

 

Nargiza PO‘LATOVA,

Kosonsoy tumanidagi 32-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Kleopatra go‘zalligining siri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: