XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012/39)
- 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zahiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori matbuotda e’lon qilindi.
- 19 sentyabr “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilindi.
- Mamlakatimizga tashrif buyurgan Latviya Respublikasi Seymi raisining o‘rinbosari Andrey Klementyev rahbarligidagi delegatsiya a’zolari 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri D.Toshmuhamedova va Senati Raisi I.Sobirov bilan uchrashdi.
- Mamlakatimizga tashrif buyurgan Chexiya Respublikasi Parlamenti Senatining Konstitutsiyaviy va huquqiy masalalar qo‘mitasi raisi Miroslav Antl rahbarligidagi delegatsiya 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘ldi.
- Toshkentda Osiyo gimnastika ittifoqining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ttiz mamlakatdan milliy federatsiyalar rahbarlari vakillari ishtirok etdi.
- Kecha mamlakatimizda “InfoCom – 2012” – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi.