FOYDALI MASLAHATLAR

Kuz faslida uy bekalarining ishlari yanada ko‘payadi, ya’ni qish fasli uchun konservalar tayyorlash mavsumi boshlanadi. Biz uy bekalari uchun pomidor tuzlashning kubancha usulini tavsiya qilamiz.

KUBANCHA POMIDOR TUZLASH

Kerakli masaliqlar:

8 kg xom pomidor, 3-4 bog‘lam ko‘k shivit, 3-4 bosh sarimsoqpiyoz, 0,5 dona qalampir.

Tuzli suv tayyorlash: 1 litr suvga 2 osh qoshiq tuz solinadi.

Shivit bilan sarimsoqpiyozni maydalab aralashtiring. Pomidorni qaynoq suvda dimlab olgach, suvi seligandan keyin yuqori qismini ikkiga bo‘lmasdan qopqoqcha shaklida ehtiyotkorlik bilan kesing. So‘ngra pomidor orasiga sarimsoq va shivit aralashmasini joylab sirli idishga zich qilib taxlab chiqing. Ustiga mayda to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz, shivit hamda ta’bga qarab qalampir soling. Qaynab turgan tuzli suvni pomidor botguncha bir chekkasidan quying. Keyin xona haroratida 3-4 soatga qoldiring. Shundan so‘ng suvini boshqa idishga suzib olib yana qaynating. Pomidorlarni 1 litrlik bankalarga taxlab ustidan yana qaynab turgan tuzli suvni quying va qopqog‘ini zich qilib yoping.

KAM TUZLI BODRING

Kerakli masaliqlar:

10-12sm. kattalikdagi bodring 1-4 kg, 4-5 dona qarag‘at yoki olcha bargi, 3 bog‘lam shivit, 4 bo‘lak xren yaprog‘i, 4 bo‘lak sarimsoq piyoz, 3ta lavr yaprog‘i, 5 dona- qora murch (yaprog‘i).

Tuzli suv tayyorlash: 1 litr suvga 2 osh qoshiq tuz solinadi.

Tayyorlash: bodringlarni bankalar ichiga ko‘katlar va kerakli mahsulotlar bilan birgalikda zich holatda joylashtiring. Ustiga tuzli sovuq suv quying. Ustiga havo o‘tib turadigan mato, masalan dokani 2-3 qavat qilib yopib xona haroratida 2-3 kun saqlash kerak. So‘ngra matoni olib ustiga qopqog‘ini yopgan holatda 15-20 daqiqa bug‘lab shisha idishni yoping.

Mehribonu tayyorladi.

Yana o‘qing:  BOL HAM ME’YORIDA TOTLI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: