TENGDOSH” — YAXSHI DO’ST, YAQIN HAMROH

Siz to‘rt oyligidanoq gapirishni boshlagan bolakay haqida eshitganmisiz? Yo‘q, deysizmi?! Men ham bu haqda bilmasdim, ammo yangi chop etilgan “Tengdosh” gazetasini o‘qib bu haqida bilib oldim.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ko‘plab gazeta va jurnallar chop etilmoqda. Shu sababdan o‘quvchilar ular orasidan o‘zlariga yoqqan, mazmunli va turli mavzulardagi sahifalari bilan kishi e`tiborini o‘ziga jalb eta oladiganlarini tanlab o‘qish imkoniyatiga egalar. Shuning uchun bosma nashrlar orasida qaysidir ma`noda ijobiy raqobat mavjud. Yaqinda ana shu raqobatga yana bir yangi nashr qo‘shildi. “Tengdosh” deb nomlangan mazkur gazeta o‘zining ommabopligi, mavzularining xilma-xilligi va dilga yaqinligi bilan boshqa nashrlardan ajralib turadi. O‘z oldilariga “Siz uchun yashaymiz, siz uchun ishlaymiz” shiorini dasturulamal qilib olgan gazeta xodimlari gazetxonlarga biri biridan qiziqarli maqolalarni iloji boricha ko‘proq yetkazib berishga harakat qilishmoqda. Sakkiz sahifadan iborat mazkur nashr sahifalaridagi “Shu kun mavzusi”, “Yangi hikoya” hamda “Siz kutgan qissa” ruknlarida o‘quvchilar shu kunning dolzarb mavzulariga jurnalist nazaridan yechim topishga harakat qilishadi hamda buyuk va yosh havaskor ijodkorlarning yangi hikoya va mashhur qissalarini mutolaa qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Bundan tashqari “Tengdosh”da tengdoshlar hamda “Maktabda uchrashuv” ruknlari orqali maktablarda tashkil etilgan turli uchrashuv va badiiy kechalar, u yerdagi iste`dodli o‘quvchilar haqida ma`lumotlar olish bilan bir qatorda maktabni bitirganiga o‘ttiz yildan oshgan tengdoshlarning o‘zaro uchrashuvlari va maktab haqidagi xotiralari bilan ham o‘rtoqlashadilar. Sakkizinchi sahifa esa dam olish sahifasi bo‘lib, undagi qiziqarli ma`lumotlar kayfiyatingiz ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Xullas, “Tengdosh” zamon bilan tengma-teng yuradigan zamonaviy va ommabop gazeta!

F. TOLIPOV

Яна ўқинг:  КИЙИМИМ ПОКИЗА БЎЛСИН, ДЕСАНГИЗ...

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: