Prezident matbuot kotibi jurnalistlar ishtirokida brifing o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati tashrifi vaqtida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zining hududlarga tashrifi arafasida uyushtiriladigan ko‘zbo‘yamachiliklar haqida keskin fikrlar bildirgandi. Samarqandga tashrifi arafasida ko‘cha tozalashga olib chiqilgan o‘qituvchining o‘limi holatlariga ham to‘xtalib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi.

Bildirgan tanqidiy fikrlaridan so‘ng, ko‘rilayotgan choralar haqida O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov jurnalistlar ishtirokida brifing o‘tkazdi.

Prezident bunday holatlar takrorlanmasligi uchun huquqiy mehanizm yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Unga ko‘ra sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlari, talabalarning obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etishning oldini olish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori ishlab chiqiladi. Mazkur qaror mazmuniga ko‘ra soha vakillarini majburiy ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Qarorda belgilangan qoidalarga rioya etmaganlar, ma’muriy va hatto, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, Prezidentimiz joylardagi ko‘zbo‘yamachiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul vakillarga topshiriq bergan. Berilgan topshiriqlar natijasi haqida OAV orqali ma’lumot berib boriladi.

Yana o‘qing:  Go‘dakdan hayot isi keladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: