Yurtimizda bioklinik markaz tashkil qilish taklif etildi
9 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoevning ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvi chog‘ida O‘simlik moddalari kimyosi instituti va umuman farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ishlaydigan olimlar nomidan O‘zbekistonda JLP-bioklinik markazini tashkil qilish taklifi berildi. Shunda bu yo‘nalishda olib borilayotgan izlanishlar yanada samaraliroq bo‘lishi ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, uchrashuvda dori vositalari ishlab chiqarish uchun talab etiladigan yarim sanoat qurilmasini yaratishda zarur mablag‘lar manbasi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriq berildi va bu taklifning kelgusida ishlab chiqiladigan qarorga kiritilishi qayd etildi.