GO‘ZALLIGINGIZ O‘Z QO‘LINGIZDA
O‘ttiz yoshdan oshgan barcha ayollar yuz terisining go‘zal va ajinlardan xoli bo‘lishini istaydi va buning uchun qanday muolajalar qilish mumkinligi haqida qayg‘ura boshlaydilar.
KO‘Z QOVOQLARI UCHUN:
Ko‘zlaringizni yumgan holatda ko‘rsatgich barmoqlaringiz uchini qoshlaringiz o‘rtasiga qo‘ying. Barmoqlaringiz bilan qovoqlaringiz terisini peshonangiz tomonga yengil harakatlar bilan torting. 5-6 soniya ana shu holatda qoling. Ushbu mashqni 20 marta bajaring.
KO‘Z ATROFI TERISI UCHUN:
Ko‘zingiz ochiq o‘tirgan holatda tepangizda biror nuqtaga tikiling. 5-6 gacha sanang va oldingi holatga qayting. Bunday mashq ko‘z muskullari uchun ham juda foydali hisoblanadi. Shuning uchun uni 20 marta takrorlash tavsiya etiladi.
KO‘Z PASTKI QOVOQLARI OSTIDA XALTACHA PAYDO BO‘LISHINI OLDINI OLISH UCHUN:
Ko‘rsatgich barmoqlaringiz uchini ko‘zlaringizning chekka burchagiga qo‘ying. Teringizni peshonangiz tomon tepaga asta-sekin silab torting. Bu mashqni ko‘zingizni yumgan holatda 6 gacha sanab bajaring. Kun davomida yoki bir martada 20 marta takrorlang.
Bunday muolajalar yuz teringizni silliq va go‘zal bo‘lishiga, Sizni yanada go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lishingizga yordam beradi.