XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-31)

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasidagi «Demokratik kuchlar bloki» o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirgan O`zLiDeP, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» DP va O‘zbekiston «Adolat» SDP fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
  • Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida Yevropa Ittifoqi komissiyasi tomonidan moliyalashtirilgan «Ayollarning ijtimoiy faolligi va ishbilarmonligi markazlari tarmoqlarini kengaytirish» loyihasi yakuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida fuqarolik jamiyatida ekologik nazoratning o‘rni va roliga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
  • Navoiy viloyatida Vatanimiz mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlab «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!» shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
  • Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan «Barkamol avlod – obod turmush kafolatidir» mavzusida yoshlar forumi o‘tkazildi.
  • O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Sharq taronalari» IX xalqaro musiqa festivalini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: