Gus Xiddink: Xayr, «Anji»!
Kuni kecha Maxachqal’aning «Anji» klubi bosh murabbiyi Gus Xiddink jamoa rahbariyati bilan uchrashib, ishdan bo‘shashi haqida ma’lum qildi. Klub ma’muriyati esa, uning arizasini qabul qildi.
«Anji FK» Gus Xiddinkka cheksiz minnatdorchilik bildirdi.
Ushbu murabbiy shubhasiz, klubning yangi tarixini yozishdagi muhim shaxslardan biri bo‘lib qolaveradi», – deya ta’kidlaydi klub rasmiy bayonotida.
«Albatta, Xiddink «Anji» uchun ko‘p narsa berdi. Lekin Gusning o‘zi jamoadan ketishni istadi. Bu uning qarori va biz uni muhokama qilishga haqli emasmiz. Har qanday holatda ham Xiddikning «Anji»da boshqa ishlamasligi alamli», – deya klubning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov iqtibos keltirdi.
Endi Xiddink o‘rnini yana bir gollandiyalik mutaxassis Rene Melensten egallaydi. Bu haqida klub bosh direktori Ayvaz Kaziaxmedov futbolchilarga ma’lum qildi va uni tanishtirib chiqdi.