Obodlik – elimizning qadim an’anasi

Mamlakatimizda joriy yil 18-19 mart kunlari Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

Azaldan xalqimizda bayramlarga katta tayyorgarlik ko‘rilib, ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilishga, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holda saqlashga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 23 fevralda qabul qilingan “2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida barcha shahar va qishloqlarda Navro‘zning tarixi, mazmuni va falsafasini, ushbu bayramni o‘tkazish bilan bog‘liq urf-odatlar, qadriyat va an’analarning mohiyatini aks ettirgan ommaviy sayillar o‘tkazish, yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularga beg‘araz ko‘mak berish, jamiyatda o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Bo‘lib o‘tgan hashar tadbirida yoshi, millati, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha fuqarolar faol ishtirok etdi. Yurtimizni yanada obod, fayzli, toza va ozoda bo‘lishi ta’minlanishi bilan birga yosh avlodda milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, o‘zaro mehr-oqibat, mehnatsevarlik, fidoyilik, ezgulikka xayrixohlik singari fazilatlarining mustahkam qaror toptirishda umumxalq xayriya hasharining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘ldi.

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha mahallalardagi turar joylar, xiyobonlar, bog‘lar, yo‘l va yo‘laklar, muqaddas qadamjolar hasharchilar sa’y-harakati bilan tartibga keltirildi. Ko‘plab mevali daraxt, gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Bolalar maydonchalari, sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘jaz maskanlar, mahalla guzarlari, kutubxonalar, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘tarinki va yuksak saviyada o‘tkazilgan umumxalq hasharida hamyurtlarimiz faol ishtirok etdi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  RIO – 2016 UCHUN YANA BIR YO’LLANMA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: