«Kamoliddin Behzod kabi rassom bo‘laman»

Kamoliddin Behzod kabi rassom bo‘laman, – deydi Uchtepa tumanidagi 203-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Tohirjon Ne’matov.

Kunlarning birida Tohirjonning jonkuyar ustozi onasi bilan suhbatlashib, o‘g‘lidagi o‘zgarishlar uning kelajagiga salbiy ta’sir etishini, shu sabab bolani biror bir to‘garakka jalb qilish kerakligini ta’kidlaydi.

Shunda onaizor o‘g‘lining maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyachi opasidan farzandi ko‘proq nimalarga qiziqqanini so‘raydi. Tarbiyachi esa Tohirjonning juda chiroyli rasm chizishini aytadi. Shundan so‘ng ota-ona maslahatlashib, o‘g‘lini rassomlik to‘garagiga berishga qaror qiladi.

Hozirda Tohirjon poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 203-umumta’lim maktabining 3-sinfida o‘qish bilan birga, Chilonzor tumanidagi 8-son musiqa va san’at maktabining rassomchilik to‘garagiga qatnaydi. Mana uch yildirki, u ustozi Dilnoza Sadirovadan san’atning nozik qirralarini qunt bilan o‘rganmoqda.

Qarangki, chizgan rasmlari sabab sinfdoshlarining unga nisbatan munosabati ijobiy tomonga o‘zgardi. Bu uning iste’dodli ekanidan, qolaversa, metindek irodasidan darak. Tohirjon maktabda o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rik-tanlovlar g‘olibi, Nogironlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan bir nechta tanlovlarning faol qatnashchisidir.

 

– Shogirdim limfastoz (“fil xastaligi”) bilan og‘risada, rassomchilik orqali o‘z qobiliyatini namoyon eta olgan kuchli iroda egasidir, – deydi Chilonzor tumanidagi 8-son musiqa va san’at maktabining rassomlik to‘garagi rahbari Dilnoza Sadirova. – Chunki bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar rasm chizish bilan shug‘ullanishi dargumon. Biroq, Tohirjon buning aksi o‘laroq, hozirda o‘z iqtidori bilan barchani hayratga solmoqda. O‘ylaymanki, kelajakda u o‘zi istagandek, buyuk rassom bo‘lib yetishadi.

 

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Puxta bilim, malakali amaliyot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: