Yoshlar jinoyatiga qarshi hamkorlikda kurashish belgilandi

Yoshlar va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish uchun huquq-tartibot organlari, sud xodimlari tomonidan mahallalarda, o‘quv dargohlarida fuqarolar va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilayapti. Bu uchrashuvlarda fuqarolar oldida mutasaddilar bu sohada qilinayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berishayapti.

Mirzo Ulug‘bek tumani “Darxon” mahallasi hududida joylashgan Transport kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda ham sud-huquq sohasidagi yangiliklar, fuqarolar va yoshlarning bugungi huquqiy savodxonligi to‘g‘risida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Sayyor uchrashuvda Toshkent shahar sudi, tuman ichki ishlar bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasidan vakillar qatnashdi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani misolida yoshlar va voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining bosh sabablari haqida fikr yuritildi. Xususan, tadbirda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra tumanda 2017 yilda yoshlar tomonidan 3 ming 383 nafar turli ko‘rinishdagi jinoyatlar sodir etilgan.

– Bu kabi ma’lumotlarni fuqarolarga ochiq aytayotganimiz bejiz emas, – deydi Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov. – Chunki bugun biz mahallalarda fuqarolarni, yoshlarni va voyaga yetmaganlarni sodir etilishi mumkin bo‘lgan xatolardan ogoh etishimiz ham kelgusida jinoyatlarning bir qadar kamayishiga olib keladi. Ota-onalar, mahalla, o‘quv dargohlari o‘qituvchilari voyaga yetmaganlarga nisbatan nazoratni kuchaytirishi talab qilinadi. O‘z navbatida, bu kabi sayyor uchrashuvlarga aholi, ayniqsa, yoshlarni jalb etilayotgani ularning o‘zlarida ham jinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Darhaqiqat, sayyor uchrashuvda fuqarolar sud-huquq xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan birgalikda talab va takliflarini ham bildirishdi.

 

Farrux TO‘RAXADJAYEV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi

Yana o‘qing:  Ertak eshitmay ulg‘aygan bola... yo‘q

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: