Rak kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot

Davomi. Boshi

 

  1. Qo‘ng‘ir tusli dengiz o‘tlari

Ular tarkibida juda ko‘p yod moddasi mavjud bo‘lib, bu modda esa qalqonsimon bez faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Chunki, bu ichki sekretsiya bezi qonda qand moddasi metabolizmini nazorat qiladi. Shuningdek, qo‘ng‘ir tusli dengiz o‘tlari tarkibida yana selen moddasi ham bor. U ham kuchli antioksidant hisoblanadi.

Agar qonda qand moddasi almashinuvi susaysa, bu rak hujayralarining rivojlanishiga qulay muhit yaratadi.

 

  1. Yong‘oqlar, pista hamda urug‘lar

Bodomda letril moddasi mavjud bo‘lib, uning tarkibida esa kam miqdorda sianidga o‘xshash substansiya bor. Bu esa saraton hujayralariga halokatli ta’sir etib, ularni nobud qiladi. Qadimgi greklar, rimliklar, misrliklar hamda xitoyliklar o‘z taomnomalarida urug‘ va o‘rik mag‘zini ishlatishgan. Ular ushbu mahsulotlar rakning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi deb bilishgan. Zig‘ir va kunjut hamda oshqovoq urug‘i, pista o‘zining tashqi qobig‘ida lignanin moddasini tutadi. Bu esa fitoestrogenlar hisoblanadi hamda organizmdagi ortiqcha estrogen gormonini chiqarib yuboradi. Tanadagi ortiqcha estrogen gormoni esa sut bezi raki, tuxumdonlar raki hamda bachadon saratonini keltirib chiqaradi. Shuningdek, lignan moddasi soya dukkaklilarida hamda undan tayyorlangan mahsulotlar tofu, miso va tempexeda uchraydi. Osiyo davlatlari aholisi ushbu mahsulotlarni sevib iste’mol qilganligi sababli ham bu mamlakatlardagi xotin-qizlar orasida gormonlar bilan bog‘liq rak kam uchraydi.

 

  1. Yapon va Xitoy qo‘ziqorinlari

Mamtake, shiitake va re-se nomli qo‘ziqorinlar tarkibida o‘ta kuchli immun tizimini mustahkamlovchi beta-glyukan nomli polisaxaridlar mavjud. Boshqa joylarda o‘suvchi oddiy qo‘ziqorinlarda bu moddalar uchramaydi. Shu sababli bu tabiiy, Sharqning tansiq ne’matlarini quritilgan holda sotiladigan Yapon yoki Xitoy restoranlari, supermarketlar yoki bozorlardan topib qo‘ziqorinlar solinadigan turli taomlarga solib iste’mol qiling.

 

Davomi

 

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  G‘amxo‘r bolalar qanday tarbiyalanadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: