Tadbirkorlik asoslari

Endi ushbu fan maktab o‘quvchilariga dars sifatida o‘tiladi

 

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U. Inoyatov va boshqalar ota-onalar, keng jamoatchilikning fikr va takliflari inobatga olingan holda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga o‘z xohishiga mos tarzda maktablarning 10-sinfida yoki akademik litsey va kollejlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratilganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 yanvardagi tegishli qaroriga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, jumladan, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat, olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi.

11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan Xalq ta’lim vazirligi tomonidan olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, ota-onalar fikriga tayangan holda 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv rejalari qaytadan ishlab chiqilib, ularga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Fan dasturlari asosida 10-sinf o‘quvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda jami 9 milliondan ortiq adadda chop etildi va joylarga yetkazildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maskanlari 10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi bilan birga ularga kasb o‘rgatish maqsadida joylarda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarining faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi. Mazkur majmualarda 50 dan ortiq kasbni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 11-sinfdan boshlab esa kasb ta’limi orqali hunar sirlarini o‘rgatish bilan birga “Tadbirkorlik asoslari” fani ham o‘qitiladi. Majmualarda kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o‘rgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga asosan o‘zgarib turadi.

2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligidan boshlab yurtimizning har bir hududidan tanlangan 28 ta o‘quv ishlab chiqarish majmuasida 9-sinf o‘quvchilariga kasb o‘rgatish ishlari tajriba-sinov tarzida olib borilmoqda. Uning natijalari asosida kelgusida kasb o‘rgatish sirlarini maktablarning 9-sinflaridan boshlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi vazifalaridan kelib chiqqan holda ilg‘or xorijiy tajribalar va o‘qitishning innovatsion metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda 11-sinflar uchun 20 nomdagi 9,7 million tirajdagi darsliklar yaratiladi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob qaytarildi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: