Buyuk ishlarda yurtboshimizga yelkadosh bo‘lamiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 28-30 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi voha ahliga cheksiz quvonch bag‘ishladi. Ayniqsa, 28 yanvar kuni onlayn tarzida o‘tkazilgan vedeoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasi hamda unda ko‘tarilgan asriy muammolar yechimi viloyatliklarni kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.

Muhtaram Prezidentimizning jonajon xalqimiz uchun qilayotgan jonkuyarligi, teran fikrli, xalq dardiga quloq tutadigan mard va tanti rahbar ekanini viloyatning sharoiti og‘ir bo‘lgan Mirishkor, Chiroqchi, Dehqonobod tumanlarini iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha belgilab olgan chora-tadbirlari misolida ko‘rdik. Mahalliy aholi qalbida bir necha yillar davomida yig‘ilib yotgan, hamma bilsa-da amalga oshmay turgan, hududlardagi toza ichimlik suvi, bo‘sh ish o‘rinlari yaratib, ishsizlar bandligini ta’minlash, iqtisodiyotni ko‘tarish maqsadida tadbirkorlarga keng yo‘l ochib berish, kam ta’minlangan oilalarga yordam berish kabi muammolar bo‘yicha o‘z o‘rnida amaliy yechim berganligi tahsinga sazovor. Ayniqsa, har bir muammo yechimi bo‘yicha adolatli bo‘lishni ta’kidlaganliklari bizni cheksiz quvontirdi.

Men ham deputatlik va insoniylik burchimdan kelib chiqib, 2017 yilda turli sohalarda mahalliy, viloyat, respublika tashkilotlariga 31 marta deputatlik so‘rovi, deputatlik fikr-mulohaza va takliflari bilan chiqdim. Afsuski, hanuzgacha tizimda eskicha qarayotgan, haqiqatga tik boqa olmaydigan rahbarlar sababli, bu so‘rovlarning 80 foizga yaqiniga adolatli yechim ololmadim.

Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi va vedeoselektor yig‘ilishidagi so‘zlari meni va partiyadoshlarimni cheksiz ruhlantirdi. Chunki biz “Kuch – adolatda!” shiori ostida ish olib boramiz. Biz Davlatimiz rahbari amalga oshirayotgan islohotlarda ularga qanot bo‘lamiz, kerak bo‘lsa, Yurtboshimiz va xalqimiz uchun jonimizni fido qilamiz.

 

Hakim OLIMOV,

Xalq deputatlari Kitob tuman kengashi deputati

Yana o‘qing:  2018–2019 o‘quv yilidan uchta oliy o‘quv yurtida sirtqi ta’lim ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: