Hamkorlik loyihalari amalda:

muruvvat yordamlari topshirildi

Yurtimizda sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar ko‘lami kun sayin kengayib bormoqda. Bu borada hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi ham ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu jamg‘arma respublikamizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylari, maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun dori-darmon, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, nogironlik aravachalari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlarini topshirib kelmoqda.

Mazkur xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida jamg‘arma xal­qaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasiga xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan ko‘plab muruvvat yordamlari keltirilmoqda. Ushbu muruvvat yordamlari jamg‘armaning mintaqaviy filiallari, hududiy sog‘­liqni saqlash boshqarmalari orqali respublikamizdagi tibbiy va maxsus bolalar muassasalariga taqdim etilayapti.

Kuni kecha «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasida bo‘lib o‘tgan tadbir ham USAID xalqaro tashkilotining «Tinchlik yo‘lidagi oziq-ovqat yordami» dasturi doirasida AQSHning «Resource and Policy Exchange» xalqaro tashkiloti tomonidan keltirilgan, umumiy qiymati 306 317 AQSH dollariga teng bo‘lgan 112,5 tonna, vitaminlar bilan boyitilgan, quritilgan sabzavotli mahsulot taqdimotiga bag‘ishlandi. Mazkur xalqaro tashkilot bilan 2009 yildan buyon hamkorlik doirasida bir qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘tgan yili ushbu tashkilot tamonidan qabul qilingan umumiy qiymati 186119.07 AQSH dollariga teng bo‘lgan 75 tonna, vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavotli mahsulotlar 70 dan ortiq tibbiy va ijtimoiy muassasalarga topshirilgan edi. Ayni vaqtda qabul qilingan muruvvat yuki jamg‘arma va uning mintaqaviy filiallari hamda sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari orqali respublikamizdagi 100 dan ortiq tibbiy va ijtimoiy muassasalarga hamda kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan fuqarolarga topshiriladi.

Taqdimot marosimida hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi S.Inamova so‘zga chiqib «Jamg‘arma o‘z muruvvat yo‘nalishi doirasida xayriya tadbirlarini amalga oshirishda AQSHning «Ameri Sares», «TOMC SHOES», «Resource and Policy Exchange», Germaniyaning «Friedensdorf International» va boshqa xalqaro xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur hamkor xalqaro xayriya tashkilotlari tomonidan 35 marotabadan ortiq dori-darmon, tibbiy jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalari, oziq-ovqatlar keltirilib respublikamiz tibbiy muassasalari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylari, maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari uchun tarqatildi», – deya ta’kidlab o‘tdi.

Yana o‘qing:  Toshkentdagi har bir oilaviy poliklinikaga ikkita maxsus avtomobil beriladi

Shuningdek, taqdimot marosimida so‘zga chiqqanlar ko‘rsatilayotgan beminnat ko‘mak uchun homiylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

J.HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: