Asl marvaridni qanday tanlaymiz?

Marvarid mana necha asrdirki, ayollarning sevimli taqinchog‘i sanaladi. Agar bunday taqinchoqlarni xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, durning farqiga borishingiz kerak.

Marvarid ikki turga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy. Sun’iy durlarning narxi unchalik qimmat emas. Tabiiy marvarid tabiatdan olinib, u chig‘anoq ichida paydo bo‘ladi. Sof marvaridning hosil bo‘lishi murakkab jarayon. Shu bois, uning narxi ham arzon emas. Tabiiy marvariddan tashqari sun’iy havzalardagi chig‘anoqlardan ham marvarid olinadi.

Tanlashda adashmang!

Durni tanlash uchun uning yaltirashiga, rangiga, sifati, hajmi va shakliga e’tibor qaratish lozim. Bu ishda shoshma-shosharlik ketmaydi. Marvaridning yaltirashi, rangi, tovlanishi, o‘lchami, shakliga e’tibor qaratish kerak. Mahsulotni sotish payida bo‘layotgan sotuvchining so‘zlariga “laqqa” tushib qolmang, yana.

Sof marvaridning ichi yaltiraydi. Uning yorqin taraflari va soyali joylari o‘rtasida o‘tkir kontrast bo‘ladi. Natijada uning ichida shar illyuziyasi ko‘rinadi. Buni yaqqol ko‘rish uchun marvaridning ustki yorqin tarafiga qarash kerak.

Marvaridning rangi qanday bo‘lishi kerak?

Uning rangini yuzingiz shakli va sochingiz rangiga mos tarzda tanlang. Lekin bo‘yalmagan dur jimjimador ko‘rinadi. Tabiiysi, kulrang, qora, oq rangda bo‘ladi. Oq ranglisi arzonroq baholanadi. Kamnamo dur pushti ranglisidir. Uni ham qo‘lga kiritish oson emas.

Shakl va hajm ahamiyatga ega

Marvarid asli dumaloq bo‘lib, agar unda biror nuqson ko‘rsangiz, bunday taqinchoqni olishga shoshmaslik kerak. Barcha nuqsonlar qoramtir rangda ko‘zga tashlanadi. Marvarid qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik qimmat baholanadi.

Haqiqiy marvaridni 40-50 sm. yuqoridan yassi hamda to‘g‘ri joyga tashlang. Shu onda dur sakraydi. Sun’iy dur esa bundan mustasno.

Sof marvaridni ultrabinafsha nurida kuzatganda, tabiiysi havorang bo‘lib tovlanadi. Inson qo‘li bilan yaratilgani esa yashil rang beradi.

10 karatli lupada kuzatganda esa marvaridning o‘rta qismi va ustki qatlami orasida ingichka qora chiziq ko‘rinadi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2017” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lishni istovchilar uchun

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: