O‘zbekiston mo‘jizalari – o‘quvchilar nigohida

Respublika Bolalar kutubxonasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbekiston mo‘jizalari” ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

Yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish masalasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan ijodiy loyihalar, ko‘rik-tanlovlar ham ana shu maqsadga xizmat qilayotir. Mazkur vazirlik va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston mo‘jizalari” respublika ko‘rik-tanlovida umumta’lim maktablarining besh ming nafarga yaqin o‘quvchisi insho, fotoalbom, videolavha va rasm yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi.

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 18-maktab o‘quvchisi Javohir To‘xtasinov insho yo‘nalishida birinchi o‘rinni oldi. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 41-maktab o‘quvchisi Dildora Aliboyeva fotoalbom va videolavha yo‘nalishi bo‘yicha, Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi Nasiba Ruminova rasm yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib chiqdi.

O‘zA

Yana o‘qing:  QATRALAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: