Ham hordiq – ham sog‘liq

Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar tayanch maskani va shahar Narkologiya dispanseri hamkorligida 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan «Gulbahor» nomli bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida «Farzandlarimiz sog‘­lom turmush tarzini tanlaydilar» nomli ko‘p yillar davomida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan madaniy-ma’rifiy sport tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur oromgohning ikkinchi bosqichida jami 200 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasining tumanlaridan kelgan bolalar hordiq chiqarayotgan bo‘lib, bugungi tadbirda oromgohdagi – 6 ta guruh otryadlar o‘rtasida rasmlar ko‘rik-tanlovi, asfaltga rasm chizish, sahna ko‘rinishlari va «Quvnoq startlar» sport o‘yinlari musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirni oromgoh rahbari Oliya Parmonqulova kirish so‘zi bilan ochib, tashkilotchilar bilan tanishtirdi. Toshkent shahar tayanch maskani rahbari M.Mahkamboyeva «Shaxsiy gigiyena» haqida va shahar Narkologiya dispanseri shifokor – narkologi Nodira Abdaliyeva «Giyohvandlikning salbiy oqibatlari va OITS kasalliklari» haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, o‘smirlarning savollariga mutaxassislar to‘liq javob berishdi. Mavzuga doir savol-javob viktorinasi o‘tkazildi. Tadbirda jamg‘arma tayanch maskani tomonidan 140 dona bukletlar tarqatildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarda giyoxvandlikning ayanchli asoratlari haqida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish hamda ularning o‘z fikr va dunyoqarashlarini rasmlar va sahna ko‘rinishlari orqali bayon etishlariga keng imkon yaratishdir.

Ayniqsa, bolalarni sport bilan oshno qilishda o‘tkazilayotgan, ana shunday musobaqalarning o‘rni salmoqli bo‘lmoqda. Zero, sport-salomatlik garovi. Biz esa sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz.

Barcha turdagi ko‘rik-tanlovlarning qatnashchilari va g‘oliblari «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’rifat TOLIPOVA,

«Sog‘lom avlod» muxbiri

Yana o‘qing:  Musiqa va tarbiya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: