Yong‘in xavfsizligiga barchamiz mas’ulmiz
Haftaning har chorshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” tadbirlari korxona va tashkilotlarda, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligiga rioya qilish to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Farg‘ona viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yong‘inlar ko‘pincha odamlar salomatligi va hayotiga tahdid soladi, ularga katta moddiy zarar yetkazadi. Shu bois, bu ofatga qarshi himoya choralarini ko‘rish nafaqat davlat, balki har bir fuqaroning vazifasidir. Olib borilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari bunday baxtsiz hodisalarga qarshi ishonchli qalqon bo‘lmoqda. Binobarin, yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.
Tadbirlarga jamoatchilikni keng jalb qilish maqsadida odamlar gavjum joylarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’yektlarda ularning rahbarlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari tashkillashtirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar esa o‘z o‘rnida bartaraf etilmoqda.
Alijon BERDALIYEV,
Farg‘ona viloyati IIB YOXB XTB boshlig‘i, podpolkovnik,
Farhodjon XOJAYEV,
IIV YOXI o‘qituvchisi, katta leytenant