Sensorli hapdorilar
Amerikaning oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar sifatini nazorat qilish bo‘yicha idorasi raqamli kuzatuv tizimi o‘rnatilgan dori vositalaridan foydalanishni tasdiqladi.
Unga ko‘ra ushbu tizim o‘rnatilgan hapdori iste’mol qilingandan keyin odam organizmi ichidan turib, smartfonga signal beradi.
Ayni paytda shizofreniyani davolashda qo‘llaniladigan aripiprazol tabletkalarida shunday sensorlar qo‘llanilmoqda. Uning kattaligi qum zarrasiga teng. Aynan u ma’lumotni bemorga biriktirilgan plastirga, o‘z navbatida bu buyum smartfonga yoki sog‘liqni saqlash tizimidagi “onlayn” portaliga jo‘natadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra yurak xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarning qariyb yarmi dori vositalarini belgilangan vaqtda muntazam iste’mol qilmaydilar. Muhimi, ushbu yangi tizim yordamida bemor o‘zining dori vositalarini muntazam iste’mol qilishini nazorat qiladi.