Quvvatbaxsh ichimliklardan ham kuchliroq meva
Shimoliy Karolina universitetida faoliyat olib boruvchi amerikalik tadqiqotchilar izlanishlari natijasida tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan eng kuchli mevani aniqladilar.
Tadqiqot davomida ko‘ngilli velopoygachilar ikki guruhga ajratildi va biriga maxsus sport ichimliklari, ikkinchisiga esa oddiy bananlar berildi. Banan har qanday quvvatbaxsh ichimliklardan kuchliroq ekan. Meva o‘z tarkibida yuqori miqdordagi kletchatka, kaliy, V6 guruhidagi vitaminlar va antioksidantlarni saqlaydi.
Bundan tashqari bananlar tarkibida foydali shakarlar (saxaroza, fruktoza, glyukoza) ham mavjud bo‘lib, ular hech qanday ziyonsiz organizmni tetiklashtiradi.
Vasila PO‘LATOVA