Konstitutsiyamizda 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Konstitutsiyamiz muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.

  • 1990 yil 20 iyunda yangi Konstitutsiya ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
  • Konstitutsiyaning 3 ta muqobil konsepsiyasi yaratilgan: Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo‘limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos sifatida qabul qilingan.
  • Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti muqaddima, olti bo‘lim, 158 moddadan iborat edi.
  • 1992 yil bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat 3-varianti ishlab chiqildi.
  • Konstitutsiya loyihasining 3-varianti 1992 yil 26 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Ikki yarim oylik muhokamadan so‘ng, 1992 yil 21 noyabrda ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilindi.
  • “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, 8 dekabr dam olish kuni deya e’lon qilindi.
  • 2001 yil 4 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi chiqarilgan.

Konstitutsiyaga bugungacha 7 marta

o‘zgartirish kiritilgan.

1) 1993 yil 28 dekabr. (77-modda)

2) 2003 yil 24 aprel. (XVIII, XIX, XX, XXIII-boblar)

3) 2007 yil 11 aprel. (89,93,102-modda)

4) 2008 yil 25 dekabr. (77-modda)

5) 2011 yil 18 aprel. (78,80,93,96,98-modda)

6) 2011 yil 12 dekabr. (90-modda)

7) 2014 yil 16 aprel. (32,78,93,98,103,117-modda)

  • 1993 yil 28 dekabrdagi o‘zgartirishga binoan 77-moddadagi “deputat” so‘zi, “deputatlar” so‘ziga almashtirilgan.
  • 2003 yil 24 aprelda “Oliy Majlis”, “Prezident”, “Vazirlar Mahkamasi” va “Saylov tizimi” boblariga o‘zgartirish kiritilgan. 2 palatali Parlamentga o‘tkazilgan, Prezidentlik muddati 7 yilga uzaytirilgan. Shuningdek, Prezidentning vakolat muddati tugasa, u umrbod Senat a’zosi lavozimini egallashi belgilandi. Ilgari Konstitutsiyaviy sud sudyasi edi.
  • 2007 yil 11 aprelda Prezidentdan Vazirlar Mahkamasi boshlig‘i maqomi olib tashlandi. Shuningdek, viloyat hokimlarini tayinlash tizimiga o‘zgartirish kiritildi.
  • 2008 yil 25 dekabrda Qonunchilik palatasi deputatlari soni 120 dan 150 nafarga ko‘paytirildi.
  • 2011 yil 18 aprelda 5ta moddaga o‘zgartirish kiritildi. Unda asosan Bosh Vazir lavozimiga tayinlash tartibi o‘zgartirildi.
  • 2011 yil 18 aprelda Prezident og‘ir betob bo‘lib qolsa, vaqtincha Prezident vakolatlari Senat Raisiga yuklatilishi belgilandi. Ilgari o‘n kun muddat ichida palatalarning qo‘shma favqulodda yig‘ilishida bu vakolat deputatlar, senatorlar orasidan saylangan nozodga yuklatilar edi.
  • 2011 yil 12 dekabrda Prezidentning vakolat muddati 7 yildan 5 yilga o‘zgartirildi.
  • 2014 yil 16 aprelda Konstitutsiyaga “jamoatchilik nazorati” (32-modda) hamda “parlament nazorati” (78-modda) jumlalari qo‘shildi. Shuningdek, Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari vakolatlariga hamda saylov jarayonlariga oid qoidalarga o‘zgartirish kiritildi.
Yana o‘qing:  An’anaga aylangan turnir yosh iqtidor egalarini kashf etdi

Ma’lumot o‘rnida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 1993 yil 9 aprel kuni qabul qilingan bo‘lib, u 6 bo‘lim, 26 bob, 119 moddadan iborat.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: