El saodati ayyomi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyatini chuqur anglash har bir yurtdoshimizning insoniy burchi sanaladi. Ayniqsa, buni yosh avlod ongu shuuriga singdirish asosiy vazifamizdir. Shu munosabat bilan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda uning mazmunini chuqur anglashga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 15-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli tadbir ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan huquq tartibot organi xodimlari, Shuhrat nomli mahalla fuqarolar yig‘ini faollari Konstitutsiyamizning mazmunidan kelib chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. So‘ng, zukko o‘quvchilar bilan mavzuga oid savol-javoblar o‘tkazildi. Munozara tarzida davom etgan tadbir 8-, 10–sinf o‘quvchilarining chiqishlari bilan davom etdi. Kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, ayniqsa, Konstitutsiyamiz moddalariga izoh tarzida yozilgan she’rlar yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Yosh avlod Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyatini chuqur anglamog‘i darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda ushbu tadbir, avvalo, o‘quvchilarimizning Konstitutsiyamizga doir bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi, – deydi maktab direktori Ma’mura Nishonova.

Darhaqiqat, shaxs sifatida shakllanayotgan har bir fuqaro mamlakat istiqboli kafolati sifatida qabul qilingan qonunlar mazmunini chuqur bilmog‘i lozim.

Yana o‘qing:  O‘QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA YANGI ISLOHOTLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: