Jahon banki O‘zbekistonda tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi
Poytaxtimizda tiklanuvchi energiya manbalari (TEM) sohasida ishlab chiqiluvchi siyosatga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar hukumatning O‘zbekistonda TEMni joriy etish bo‘yicha sa’y-harakatlariga ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Jahon banki guruhi vakillari TEM sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida Bank tuzilmalari O‘zbekiston hukumati va xususiy sektorga ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan moliyaviy, maslahatga doir va sug‘urta yordamlari xususida to‘xtaldi. Ayni paytda Jahon banki O‘zbekistonda qiymati 2 mlrd. AQSH dollari bo‘lgan 16 ta loyihani qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu loyihalar qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shahar taraqqiyoti, suv ta’minoti va sanitariya kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan.