Zamon bilan hamnafas

Abdulaziz ABDULLAYEV,

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida jamiyatning barcha sohalarida izchil islohotlarni amalga oshirish, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish hamda fuqarolarning mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari (OAV)ning yuqori sur’atlarda rivojlanishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

– Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi media-sohani zamon talablariga mos ravishda isloh qilishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish, axborot sohasidagi munosabatlarni tubdan yangilash, ushbu sohaga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish, axborot olish erkinligini mustahkamlash, davlat xokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda ularning faoliyati ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVlarining rolini kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

OAVlarining iqtisodiy erkinligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston media-sohasining rivojlanish sur’ati, ayniqsa nodavlat OAVlari sonining ko‘payishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda, davlat ro‘yxatidan o‘tgan milliy OAVlarining soni 1300 dan oshdi , 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 700 tani tashkil etgan. O‘sish sur’atining faolligi hududiy OAVlarida kuzatilgan bo‘lib, 2000 yildan 2013 yilga qadar ularning soni 2 barobardan ziyodga ko‘paydi. Bir so‘z bilan aytganda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

Axborot sohasini demokratlashtirishning dolzarb vazifalarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Ularning faoliyati, OAVlarini yanada liberallashtirish masalalarini hal etishga hamda fuqarolarning demokratik islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilganligi e’tiborga molikdir.

Ayni paytda, hududlarda OAVlari faoliyatini takomillashtirish, ayniqsa, OAVlarining nodavlat sektorini rivojlantirish, ularning markaziy nashrlar bilan aloqasini mustahkamlash, tahririyatlarning kadrlar salohiyatini yuksaltirish va jurnalistlarning malakasini oshirish hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini media-makonda uzliksiz joriy qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2012 yil mobaynida Fond tomonidan xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda 50 dan ziyod konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari, shu jumladan, 5 ta xalqaro anjumanlar o‘tkazilib, ular Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida qabul qilinishi rejalashtirilgan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risida»gi, «OAV iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «OAV davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida»gi qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yana o‘qing:  Oqish maysadagi hayot uchquni

Bundan tashqari Fond tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan:

– «12 ta yo‘nalish bo‘yicha 150 nafar mutaxassis-jurnalistlar uchun jamiyat hayotining o‘ziga xos masalalarini yoritish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni ta’minlovchi turkum o‘quv seminarlari, davra suhbatlari, «aqliy hujumlar»ni o‘tkazish» loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha asosan jurnalistlarning turli sohalarga ixtisoslashuv masalalariga qaratilgan. Mazkur «Hududiy bosma nashrlarda faoliyat olib borayotgan jurnalist kadrlarni mamlakatimizning ilg‘or tahririyatlari, axborot agent­liklari va ta’lim markazlarida malaka oshirish va tajriba almashish tadbirlarini tashkil etish» loyihasi 2013 yilda ham davom ettirilmoqda. Loyiha doirasida 2011-2012 yillar davomida Fond tomonidan 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq jurnalist uchun malaka oshirish tadbirlari tashkil etildi. 2012 yilda loyiha doirasidagi o‘quvlardan o‘tgan hududiy jurnalistlar tomonidan 400 dan ortiq axborot-tahliliy materiallar tayyorlandi va e’lon qilindi.

2013 yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan kelgan 60 nafar jurnalistlar o‘z malakalarini oshirib hududiy nashrlarda faoliyatini davom ettirmoqdalar.

– Jamoat fondi tomonidan 2012 yilda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda 2 ta loyiha amalga oshirildi.

«Davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari axborot xizmatlarining salohiyatini takomillashtirish» doirasida 2012 yilda davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining 120 dan ortiq rahbar va xodimlari malaka oshirdi. Ular uchun besh kunlik seminarlar va ikkita xalqaro davra suhbatlari tashkil etildi. Loyihaning ikkinchi bosqichida tegishli tashkilotlar mutaxassislarining Fransiya va Germaniya davlatlariga xizmat safari uyushtirilib, O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan axborotdan foydalanish erkinligini kafolatlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, OAVlarini qo‘llab-quvvatlash, mass-media faoliyatining iqtisodiy asoslarini tartibga solish borasidagi Yevropa qonunchiligini o‘rganish maqsadida vazirlik va idoralarda 30 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi.

– Birgina bu emas «Oila va bolalar farovonligini mustahkamlash masalalarini yoritishda O‘zbekiston OAVlari salohiyatini yuksaltirish» (2012-2013 yillarga mo‘ljallangan) loyiha doirasida respublikaning barcha hududlarida 2 tadan davra suhbatlari va 4 tadan markazlashgan treninglar tashkil etilib, mazkur davra suhbatlarida 400dan ortiq jurnalistlar ishtirok etdi.

Ommaviy axborot vositalarining moddiy texnik bazasini takomillashtirish maqsadida Jamoat fondi tomonidan «Yagona oilada» jurnali, «Jamiyat», «Hurriyat», «Uzbekistan Today», «Kelajak ovozi» gazetalariga kompyuter to‘plamlari, printer, fotoapparat, faks va diktafonlar ajratildi.

Yana o‘qing:  “Yangicha” tarbiya usuli

Jamoat fondi va bir qancha tegishli tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga muvofiq 2011 yildan buyon «O‘zbekiston matbuoti» Milliy forumi va ko‘rgazmasi tashkil etib kelinmoqda. Unda bosma va elektron OAV, nashriyot-matbaa korxonalari va kompaniyalarining bugungi kunga qadar 600dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Fond tashkil etilganidan buyon OAV faoliyatini, xususan hududiy nashrlarni rag‘batlantirish bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshirildi. 900 dan ortiq bosma OAV va axborot agentliklari tahririyatlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bosma OAV tahririyatlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning mamlakatimizni demokratlashtirish jarayonlarini yoritishda faol ishtirok etishlari maqsadida 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirishlari uchun 150 dan ortiq mahalliy bosma va Internet nashr­larga grantlar ajratildi.

Fond tomonidan bosma OAV tahririyatlari moddiy-texnik bazasini takomilashtirish, ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jurnalistlarning kadrlar salohiyati va malakasini oshirish, mus­taqil bosma OAV jurnalistlari va texnik xodimlarining kasbiy, g‘oyaviy va badiiy saviyasini oshirishga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirib kelinmoqda.

Faqatgina joriy yilning o‘tgan besh oyi mobaynida 40 dan ortiq davra suhbatlari, konferensiyalar, seminar-treninglar, mahorat darslari, «ochiq muloqotlar», jumladan xalqaro va hududiy miqyosda o‘tkazildi.

Fond tomonidan 2013 yilda jurnalistlar hamda OAVlar tahririyatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish maqsadida «Jamiyat va men – 2013», «Inson huquqlari – jurnalist nigohida» va «E’tirof» kabi tanlovlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, OAV materiallari mamlakatimiz aholisining an’analari, mentaliteti, ko‘p asrlik ijtimoiy rivojlanish tajribasi hamda jahon tamaddunining zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda kasbiy, g‘oyaviy va badiiy saviyasini yuksalishiga, axborot olish erkinligini ta’minlashga, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongining oshishi, ularda kuchli fuqarolik pozitsiyasining shakllanishiga xizmat qilar ekan, ana shu dolzarb vazifalarni amalga oshirishda Fond ham o‘z hissasini qo‘shaveradi.

Fursatdan foydalanib diyorimizda keng nishonlanayotgan “27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan soha xodimlarining barchasini qizg‘in qutlayman. Ularning sermashaqqat mehnatlarida kuch-quvvat hamda sog‘lik-omonlik tilayman!

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda har qaysi matbuot xodimi kasb mahoratini egallash bilan birga, o‘z hayotiy prinsiplariga ham ega bo‘lishi, haqiqat uchun kurashishga intilishi, shu yo‘lda qat’iyat va shijoat ko‘rsatishi, lo‘nda qilib aytganda, vijdon amri bilan yashashini zamonning o‘zi talab qilmoqda».

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: